Jeydon Sanchoga APLdan yangi da'vogar chiqdi
27 MAY, 2026, 11:48
«Kristal Pelas» yozgi transferlar oynasi ochilishi arafasida «Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sanchoni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sports Boom xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Sanchoning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o'z nihoyasiga etadi, biroq futbolchi haligacha yangi taklif olmagan. O'tgan mavsumni ijara asosida «Aston Villa» tarkibida o'tkazgan (39 ta o'yin, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma) Sancho o'z faoliyatini ushbu klubda davom ettirishni istaydi. Ammo hozircha uning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.
Potentsial xaridorlar uchun asosiy muammo futbolchining maoshi bo'lishi mumkin. U haftasiga taxminan 250 ming funt sterling ishlab topadi, bu esa «Kristal Pelas»ning hozirgi eng ko'p maosh oluvchi etakchilarinikidan sezilarli darajada yuqori. Agar Sancho faoliyatini APLda davom ettirmoqchi bo'lsa, katta ehtimol bilan maoshini sezilarli darajada qisqartirishga rozi bo'lishiga to'g'ri keladi.
