logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius «Real» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha fikrlarini bildirdi

 27 MAY, 2026, 11:24

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior amaldagi shartnomasining muddati yaqinlashib qolganiga qaramay, vaziyatni xotirjam qabul qilmoqda. Braziliyalik futbolchining klub bilan tuzgan kelishuvi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Shu sababli matbuotda yulduz hujumchining jamoani tark etishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda.

Futbolchining o'zi esa bu gap-so'zlarga navbatdagi bor raddiya bildirdi.

«Shartnomani uzaytirish borasida shoshilayotganim yo'q. 2027 yilgacha hali vaqt etarli – klub bilan muhokama qiladigan jihatlarimiz bor. Men xotirjamman, «Real»da ham vaziyat tinch. Florentino Peres menga ishonadi, men esa unga ishonaman», — deb yozmoqda jurnalist Fabritsio Romano futbolchining so'zlariga tayanib.

Ma'lumot uchun, Vinisius 2018 yildan buyon «Qirollik klubi» sharafini himoya qilib keladi. Iyul oyida futbolchi 26 yoshni qarshi oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ