logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» yulduziga 3 ta top-klub da'vogarlik qilmoqda

 27 MAY, 2026, 11:24

«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes yozgi transfer oynasi vaqtida klubdan ketishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchiga bir qator grand jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Manchester Siti» uni o'z safida ko'rishga intilmoqda — «shaharliklar» bosh murabbiyi Entso Mareska futbolchini shaxsan o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Shuningdek, Fernandesni xarid qilishga «PSJ» va Madridning «Real» klubi ham umid qilmoqda.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli yarim himoyachi yakunlangan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 54 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Entsoning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 90 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ