logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourino Gyulerning «Real»dagi kelajagini hal qildi

 27 MAY, 2026, 11:18

Madridning «Real» klubini boshqarishi kutilayotgan Joze Mourino kelajak mavsum uchun rejalarini ishlab chiqmoqda. Jurnalist Ignasio Sanchesning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis o'z rejasida turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyulerni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sifatida ko'rmoqda.

«O'ziga xos murabbiy» (The Special One) allaqachon futbolchi bilan shaxsan bog'lanib, uning jamoadagi yangi roli haqida gaplashgan. 21 yoshli Arda Gyuler «Real» safiga 2023 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali iqtidorli futbolchini 90 million evroga baholamoqda.

Ma'lumot uchun, Florentino Peres prezidentlik saylovlarida g'alaba qozongan taqdirda, Joze Mourino rasman «Real» bosh murabbiyi sifatida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ