logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius Endrikning mundial orzusi haqida gapirdi

 27 MAY, 2026, 11:18

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior o'z jamoadoshi, yosh iqtidor egasi Endrik bilan bo'lgan suhbatlarini esladi. 19 yoshli hujumchi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Lion» safida o'tkazib, o'zini ko'rsata oldi va shu sababli terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tomonidan Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritildi.

Vinisiusning aytishicha, yosh hujumchi mundialga borish orzusi bilan uni tinch qo'ymagan:

«Endrik Jahon chempionatiga chaqirilish-chaqirilmasligi haqida so'rab, doimiy ravishda asabimga tegardi. U mening bu borada nima deb o'ylayotganimni bilmoqchi edi. Men esa unga doim: «Xotirjam bo'l, sen biz bilan bo'lasan», derdim», — deya Vinisiusning so'zlarini keltiradi CazeTV.

Ma'lumot uchun, Endrikning transfer huquqlari «Real»ga tegishli. Yosh hujumchi hozirgacha Braziliya terma jamoasi safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ