«Manchester Yunayted» yarim himoyani kuchaytirish uchun 115 million evro ajratadi: Ro'yxatda 8 nafar nomzod bor
27 MAY, 2026, 10:30
«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida tarkibni sezilarli darajada yangilashga kirishmoqda. «Qizil iblislar»ning asosiy maqsadi — yarim himoya chizig'ini kuchaytirish.
Jurnalist Samuel Lakxyorstning xabar berishicha, klub rahbariyati yangi xavbekni xarid qilish uchun 100 million funt sterlinggacha (taxminan 115 million evrodan ortiq) mablag' sarflashga tayyor. Ayni damda klub selektsiya bo'limi e'tiborida 8 nafar futbolchi bor:
Elliot Anderson («Nottingem Forest»)
Orelen Tchuameni («Real» Madrid)
Sandro Tonali («Nyukasl»)
Mateush Fernandesh («Vest Xem»)
Karlos Baleba («Brayton»)
Adam Uorton («Kristal Pelas»)
Aleks Skott («Bornmut»)
Joao Gomes («Vulverxempton»)
Manchesterliklar boshqa pozitsiyalarni ham kuchaytirishni rejalashtirgan, biroq ushbu yo'nalishlarda katta xarajatlar kutilmayapti. Eslatib o'tamiz, Maykl Karrik boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» Premer-liganing yakunlangan mavsumini 3-o'rinda yakunladi.
