logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» argentinalik futbolchi transferini hal qildi

 27 MAY, 2026, 10:18

«Bornmut» markaziy himoyachisi Markos Senesi faoliyatini «Tottenxem»da davom ettirishga tayyor. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «shporlar» tez orada erkin agentga aylanadigan 29 yoshli futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishgan.

Agar kutilmagan holatlar yuz bermasa, argentinalik himoyachi Roberto de Dzerbi boshqaruvidagi London klubining ilk transferlaridan biri bo'ladi. Avvalroq Markos Senesiga «Barselona», «Yuventus» va Evropaning boshqa grand jamoalari qiziqish bildirgan edi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda himoyachi Premer-ligada 37 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ