XXI asrda Keyngacha faqat ikki futbolchi bir mavsumda 60 tadan ortiq gol urgan edi
27 MAY, 2026, 07:24
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn XXI asrda Evropaning top-5 chempionati klublari safida bir mavsumda barcha turnirlarda 60 tadan ortiq gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Stat Foot portali xabar berdi.
Keyn Germaniya Kubogi finalida «Shtutgart»ga qarshi o'yinda (3:0) xet-trik qayd etib, mavsumdagi gollari sonini 61 taga etkazdi.
Bungacha bir klub mavsumida 60 tadan ortiq golni faqat ikki futbolchi urgan edi — argentinalik yulduz Lionel Messi va portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu.
Messi 2011/2012 mavsumida «Barselona» safida 73 ta gol urgan bo'lsa, Ronaldu 2014/2015 mavsumida «Real» tarkibida Keyn kabi 61 ta gol muallifi bo'lgan.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Xarri Keyn faoliyatida ikkinchi marta “Oltin butsa” sohibi bo'ldi.
