logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«U aqldan ozgan». Husanov Donnarumma bilan hazillashdi va javob oldi (video)

 26 MAY, 2026, 22:48

«Manchester Siti» darvozaboni Janluidji Donnarumma o'z jamoadoshi — o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan hazillashdi, deb xabar berdi Sports.kz.

Klubning Instagram sahifasida mavsum yakuniga bag'ishlangan tantanali parad vaqtidagi video e'lon qilingan. Unda klub reportyori Donnarumma bilan intervyu olayotgani, shu payt Husanov hazil tariqasida uning qulog'iga tegib qo'yayotgani aks etgan. Shuningdek, reportyor Husanovdan intervyu olmoqchi bo'lganda, u gapirishdan bosh tortgan.

«Husani kechirasizlar, u jinni. U juda jinni», — deb hazil bilan aytgan italiyalik darvozabon.

Husanov va Donnarumma o'rtasidagi bunday hazillar avval ham turli videolarda aks etgan. Jumladan, Angliya Kubogi topshirish marosimida Donnarumma Husanov hazillashgani ko'rsatilgan.

2025/2026 mavsumda Husanov «Manchester Siti» bilan ikki sovrin — Angliya Liga Kubogi va Angliya Kubogini qo'lga kiritdi.

APLda esa «Manchester Siti» 2-o'rinni egalladi, chempionlikni «Arsenal»ga boy berdi. Chempionlar Ligasida jamoa 1/8 finalda «Real Madrid»ga mag'lub bo'lib turnirni tark etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ