logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kanselu «Barselona»da yana ikki yil o'ynashni xohlamoqda

 26 MAY, 2026, 22:36

«Al-Hilol» qanot himoyachisi Joau Kanselu, yanvar oyidan beri ijara asosida «Barselona» safida to'p surayotganiga qaramay, faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishni istamoqda. 31 yoshli futbolchi «ko'k-anorranglilar» safida kamida ikki mavsum o'tkazishni rejalashtirgan. Shundan keyin Kanselu «Benfika»ga qaytish variantini ko'rib chiqadi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, «Al-Hilol» portugaliyalik himoyachining transferi uchun 10 million evro talab qilmoqda. Kanselu esa «Barselona»da o'ynash uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.

Kataloniya klubi ham futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Kanselu 2023/2024 mavsumda ham «Barselona» safida o'ynagan. U jamoa tarkibida jami 65 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol va 9 ta assist qayd etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ