logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dembele va Hakimiyning holati bo'yicha yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi

 26 MAY, 2026, 21:06

Seshanba oqshomida «PSJ» mashg'ulot jarayonini qayta boshlaydi. RMC Sport nashrining xabariga ko'ra, parijliklarning yaqin oradagi mashg'ulotlarida himoyachi Ashraf Hakimiy va hujumchi Usmon Dembele umumiy guruhda ishtirok etishi kutilmoqda.

Dembele va Hakimiy o'zlarini yaxshi his qilishmoqda va tiklanish jarayonining navbatdagi bosqichiga, ya'ni umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga tayyorlar. Bu «PSJ» muxlislari uchun Chempionlar ligasi finali oldidan juda xushxabardir.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining final uchrashuvi shu shanba, 30 may kuni Budapeshtda bo'lib o'tadi. «PSJ»ga ushbu turnirda hali biror marta g'olib chiqmagan Londonning «Arsenal» klubi raqiblik qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ