logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Estevao APLning yangi mavsumi boshini o'tkazib yuboradi

 26 MAY, 2026, 21:06

«Chelsi» hujumchisi Estevao jiddiy jarohatdan so'ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Ushbu jarohat sababli u Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

Sport Witness nashrining xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchining reabilitatsiyasi yaxshi ketmoqda. Hozirda uning avgust oyi boshida umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan, hujumchi «ko'klar»ning mavsumoldi tayyorgarligini va APL-2026/27 mavsumining dastlabki o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Estevao aprel oyida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan Angliya chempionati o'yinida tizza osti paylarining to'rtinchi darajali yirtilishi jarohatini olgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi London klubi safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ