logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» va «Arsenal» Chempionlar ligasi finali uchun formalarini tasdiqladi

 26 MAY, 2026, 21:00

Chempionlar ligasining hal qiluvchi final uchrashuviga sanoqli kunlar qolmoqda. Budapeshtda bo'lib o'tadigan bahsda «PSJ» va «Arsenal» jamoalari to'qnash kelishadi. Klublar mazkur o'yinda qaysi liboslarda maydonga tushishlarini belgilab olishdi.

Jurnalist Kris Uitlining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, har ikkala jamoa ham o'zlarining asosiy uy formalarida harakat qiladigan bo'lishdi. «Kanonirlar» qizil-oq rangdagi liboslarda, parijliklar esa to'q ko'k rangdagi formada maydonga tushadilar.

«PSJ» va «Arsenal» o'rtasidagi final uchrashuvi shu shanba, 30 may kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Chempionlar ligasi finalida «PSJ» Italiyaning «Inter» jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ