Xabi Alonso Karvaxalni «Chelsi»da ko'rmoqchi
26 MAY, 2026, 20:54
«Real»ning sobiq himoyachisi Daniel Karvaxal faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. MatchDay Central ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik futbolchiga «Chelsi» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
London klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Xabi Alonso tajribali himoyachini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda va uni ushbu transferga ko'ndirishga harakat qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, Karvaxal «Chelsi»ga etakchilik qobiliyati va g'oliblik mentalitetini olib kira oladi.
Daniel Karvaxal 2013 yildan 2026 yilgacha «Real» sharafini himoya qildi. Madrid klubi tarkibida u jami 26 ta sovrin, jumladan, 6 marta Chempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi. Hozirda futbolchi erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
