logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Brunu va Kin tortishuvi davom etadi

 26 MAY, 2026, 15:42

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi va sardori Roy Kin portugaliyalik futbolchi Brunu Fernandeshning «yolg'onchilik» haqidagi ayblovlariga ijtimoiy tarmoq orqali keskin javob berdi.

Nizo qanday boshlandi?

Hammasi Roy Kinning «Nottingem Forest»ga qarshi o'yindan (3:2) so'ng Brununi tanqid qilishidan boshlandi. Kinning ta'kidlashicha, «Yunayted» sardori jamoa manfaatidan ko'ra ko'proq mavsumdagi assistlar rekordini yangilash (21 ta golli uzatma bilan rekord o'rnatdi) haqida qayg'urgan.

«Qoyil. Qanday qilib futbolchi maydonga shaxsiy ko'rsatkichlari haqida o'ylab tushishi mumkin? Bunday fikrlash bilan sovrin yutib bo'lmaydi», — degan edi Kin.

Brununing munosabati

Fernandesh «Diary of a CEO» podkastida bu ayblovlarni rad etib, Kinni yolg'on gapirishda aybladi:

«Men tanqidga qarshi emasman, lekin odamlar yolg'on gapirishini yoqtirmayman. Royning so'zlari — yolg'on»

Hatto vaziyatga oydinlik kiritish uchun Ule-Gunnar Sulsherdan Kinning telefon raqamini so'raganini ham qo'shimcha qildi.

Kinning «eshak» haqidagi javobi

Brununing intervyusi e'lon qilingach, Roy Kin o'zining Instagram sahifasiga eshak tasvirlangan rasm va quyidagi iqtibosni joylashtirdi:

«Haddan tashqari e'tibor eshakni o'zini sher deb hisoblashiga sabab bo'ladi».


Garchi Kin Brununing ismini tilga olmagan bo'lsa-da, ingliz matbuoti va muxlislar buni to'g'ridan-to'g'ri portugaliyalik futbolchiga qaratilgan «zarba» deb baholashmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ