«Manchester Yunayted» 16 yoshli ingliz vingerini sotib olmoqchi
26 MAY, 2026, 15:18
Manchester Evening News nashrining yozishicha, «Manchester Yunayted» «Lester» safidan yangi iqtidor egasini topgan. Manchesterliklar «tulkilar» vingeri Jeremi Mongani o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Transfer summasi taxminan 15 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda Jeremi Monga «Lester» libosida 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarda vinger bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
