«Inter Mayami» Messining ahvoli haqida rasmiy ma'lumot berdi
26 MAY, 2026, 12:06
«Inter Mayami» matbuot xizmati hujumchi Lionel Messining jarohati yuzasidan yangi ma'lumotlarni e'lon qildi.
MLS doirasida «Filadelfiya»ga qarshi kechgan va 6:4 hisobida yakunlangan o'yinning 73-daqiqasida 38 yoshli Argentina terma jamoasi a'zosi zaxiraga olingan edi.
«Dushanba kuni o'tkazilgan qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan so'ng, dastlabki tashxis chap tizza osti paylaridagi mushak charchog'i bilan bog'liq ortiqcha yuklamani ko'rsatdi. Uning maydonga qaytish muddati klinik va funktsional tiklanish jarayoniga bog'liq bo'ladi», — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Messi avvalroq Argentina terma jamoasining JCh-2026 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan edi. Turnir 11 iyunda boshlanadi. Argentina terma jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni Jazoir termasiga qarshi o'tkazadi.
