logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Brunu Fernandesh «MYu»ga transferi haqida gapirdi

 26 MAY, 2026, 11:06

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya klubiga transferi qanday amalga oshganini so'zlab berdi.

«Menda 2019 yil yozida «Tottenxem»ga o'tish varianti bor edi va bu imkoniyatdan juda xursand edim, lekin transfer amalga oshmadi. Keyin esa, yanvarda [2020 yil] men ikki-uch yildan beri kutgan o'sha qo'ng'iroqni «Manchester Yunayted»dan qabul qildim.

Agentim qo'ng'iroq qilib, «Yunayted» varianti jiddiy ekanini, ular allaqachon «Sporting» bilan kelishuvga erishganini va endi hammasi o'zimga bog'liqligini aytdi. Yig'laganim sababli bir necha soniya davomida hech narsa deyolmay qoldim.

Bu men orzu qilgan yagona narsa edi. Agentimga shunchaki: Menga boshqa hech narsa kerak emas, ularga borishimni ayt, dedim», — dedi Fernandesh The Diary of a CEO podkastida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ