logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bernardu Silva Jon Stouns haqidagi qiziqarli voqeani so'zlab berdi

 26 MAY, 2026, 09:12

Dushanba kuni Xosep Gvardiola, Bernardu Silva va Jon Stounsning «Manchester Siti»dan ketishi munosabati bilan tantanali tadbirlar bo'lib o'tdi.

Tadbirda Silva Stouns haqida qiziqarli bir voqeani gapirib berdi.

«Yigitlar, men «Monako»da o'ynayotganimda, «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda hiyla ishlatib, fol ishlab olgandim. Jon Stouns meni «kichkina va nimjon» deb atagan. Bizning munosabatlarimiz shundan boshlangan», — deya Silvaning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

«Manchester Siti» va «Monako» 2016/2017 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining 1/8 finalida to'qnash kelishgan edi. O'shanda monegasklar mehmonda urilgan gol qoidasiga ko'ra keyingi bosqichga chiqishgan (3:1, 3:5). Jon Stouns va Bernardu Silva ikkala o'yinda ham maydonga tushib, raqib sifatida to'qnash kelishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ