logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kamavinga yozda «Real»ni tark etmoqchi emas

 25 MAY, 2026, 23:30

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga shu yozda hozirgi jamoasini tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Futbolchi yozgi transfer oynasida ehtimoliy hamkorlik bo'yicha boshqa klublar bilan aloqaga chiqmoqchi emas. Buning o'rniga u «Real»dagi holatini yaxshilash va o'z mavqeini o'zgartirishni istamoqda. Qayd etilishicha, yarim himoyachining «los blankos» prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari hamon yaxshi holatda.

Yakunlangan mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ