logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Souchek: «Faoliyatimdagi eng og'ir kunlardan biri»

 25 MAY, 2026, 23:24

«Vest Xem Yunayted» yarim himoyachisi Tomash Souchek jamoaning Angliya Premer-ligasini tark etganiga munosabat bildirdi. Klub mavsumni 18-o'rinda yakunladi.

«Bu mening futbolchilik faoliyatimdagi eng og'ir kunlardan biri. Muxlislarimiz uchun, klubdagi barcha xodimlar uchun va bu holat klubdagi etti yillik faoliyatim hamda Premer-ligadan keyin nimani anglatishini o'ylab, qattiq xafaman. Siz bizdan ko'prog'iga loyiq edingiz. Hatto eng qiyin lahzalarda ham biz bilan bo'lganingiz uchun rahmat.

Ishonchim komilki, «Vest Xem» oilasi bu sinovli davrda ham doimgidek birdam bo'lib qoladi. Endigi vazifamiz — bunga to'g'ri javob qaytarish: har qachongidan ham ko'proq mehnat qilish va «Vest Xem»ni o'zi loyiq bo'lgan joyga qaytarish uchun kurashish», — deb yozdi Souchek ijtimoiy tarmoqlarda.

Mavsum yakunlariga ko'ra, «Vest Xem»dan tashqari «Byornli» va «Vulverxempton» ham APLni tark etdi. Ularning o'rnini kelgusi mavsumda «Koventri Siti», «Ipsvich Taun» va «Xall Siti» jamoalari egallaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ