logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kvaratsxeliya «PSJ»ning asosiy ustunliklaridan birini aytdi

 25 MAY, 2026, 23:12

«PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya ayni damda jamoada ajoyib birdamlik muhiti hukm surayotganini tasdiqladi.

— Hozirda «PSJ»dagi birdamlik muhiti aql bovar qilmaydigan darajada va bu maydonda ham ko'rinib turibdi.

— Ha, menimcha, bu jamoamizning asosiy kuchli tomonlaridan biri. Biz birga o'ynashdan xursandmiz, juda ham jipslashganmiz va shuni tushunamizki, agar bir-birimiz uchun kurashsak hamda o'z futbolimizni o'ynasak, har qanday raqibni mag'lub eta olamiz, — dedi Xvicha «PSJ» rasmiy saytiga.

Hozirda Luis Enrike «PSJ»ni Chempionlar ligasi finaliga tayyorlamoqda. Shanba kuni, 30 mayda parijliklar sovrin uchun «Arsenal» bilan to'qnash kelishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ