«Latsio»da Mauritsio Sarri o'rnini mashhur murabbiy egallaydi
25 MAY, 2026, 18:48
Jennaro Gattuzo «Latsio»da Mauritsio Sarrining o'rnini egallaydi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klub yaqin vaqt ichida Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi bilan shartnoma imzolaydi. Avvalroq, Sarri «Atalanta»ga tayinlanishga yaqin turgani ma'lum bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, «Latsio» 2025/26 yilgi mavsumni 54 ochko bilan A Seriyada 9-o'rinda yakunladi.
