«Malorka»ning quyi ligaga tushishi «Barselona»ga daromad keltiradi
25 MAY, 2026, 17:12
«Malorka»ning La Ligani tark etishi «Barselona» uchun moliyaviy foyda keltirishi mumkin. Barca Universal xabariga ko'ra, kataloniyaliklar «Malorka» tarkibidagi ikki nafar futbolchining keyingi transferlaridan foiz olish huquqiga ega.
«Malorka» moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun yozda ko'plab futbolchilarini sotishga majbur bo'ladi. «Barselona» esa quyidagi huquqlarni saqlab qolgan:
Pablo Torre: transfer summasining 50% qismi.
Yan Virjili: transfer summasining 40% qismi.
Har ikki o'yinchi boshqa klublarning e'tiborida. Ayniqsa, Virjiliga bo'lgan qiziqish yuqori — unga «Betis» da'vogarlik qilmoqda. Futbolchining bozor qiymati taxminan 15 million evroni tashkil etadi, biroq uning shartnomasida 30 million evro miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan.
