logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Topuriya UFC chempionlik kamarini Tsarukyandan himoya qilmoqchi

 25 MAY, 2026, 16:24

Engil vazn toifasida mag'lubiyatsiz kelayotgan chempion Iliya Topuriya navbatdagi unvon himoyasi uchun 70 kg vazn reytingida ikkinchi raqamli jangchi bo'lib turgan Arman Tsarukyanga qarshi jang qilishdan manfaatdor.

ESPN muxbiri Karlos Legaspining xabar berishicha, bu jang Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turniridagi Jastin Getji bilan to'qnashuvdan so'ng amalga oshishi mumkin.

«U haqiqatan ham Arman bilan jang qilishni xohlayapti. Agar bitta himoya jangini o'tkazsa, undan keyingi raqibi aynan Arman bo'lishini istaydi. Bu bosqichda bu jangni inkor qilishning iloji bo'lmay qoladi.

Menimcha, agar Iliya g'alaba qozonsa, navbatdagi kamar himoyasi Arman Tsarukyanga qarshi bo'ladi, keyin esa voqealar rivojini kutamiz. Chunki unda Islom Maxachev bilan jang qilish ambitsiyasi ham bor», — deya Legaspining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Championship Rounds sahifasi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ