logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lemann EChL finali oldidan Rayyaga: «Iltimos, 2006 yildagi menga o'xshab maydondan chetlatilma»

 25 MAY, 2026, 15:00

«Arsenal»ning sobiq darvozaboni Yens Lemann Chempionlar Ligasi finali oldidan «kanonirlar»ning hozirgi posboni David Rayyaga iltimos bilan yuzlandi.

Londonliklar 30 may kuni EChL finalida PSJga qarshi maydonga tushadilar.

«Iltimos, bizga yaxshilik qil va Chempionlar Ligasi finalida to'liq 90 daqiqa o'yna... Qizil kartochka ola ko'rma! Agar sizlar Chempionlar Ligasida g'olib chiqsangiz, muxlislarga biz vaqtida bera olmagan narsani taqdim etgan bo'lasiz. Men 2006 yilgi finalda maydondan chetlatilganim sababli ishonchni oqlay olmaganman», — dedi Lemann Rayya bilan suhbatda.

Ma'lumot uchun: 2006 yilgi EChL finalida «Arsenal» «Barselona»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. O'shanda Lemann 18-daqiqada Samyuel Eto’Oga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun maydondan chetlatilgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ