logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: «Bunday e'tirofni oddiy holdek qabul qilib bo'lmaydi»

 25 MAY, 2026, 14:54

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Etihad Stedium»dagi tribunalardan biriga uning nomi berilishiga o'z munosabatini bildirdi.

— 10 yil, 20 ta sovrin va sizning sharafingizga nomlangan tribuna — yomon emas!

— Bilasizmi, nima uchun? Men ilk bor «Old Trafford»ga kelganimda tepaga qarab, u erda ser Aleks Fergyuson nomidagi tribunani ko'rgandim. «Enfild»da esa ser Kenni Dalglish tribunasi bor edi. Men «ser» emasman va bu unvonni olmayman ham, lekin inson sifatida... Nima demoqchi ekanligimni tushunyapsizmi?

— Siz haqingizda hali ko'p gapirishadi.

— Bu familiyani otam, oilam va farzandlarim yuritishadi... Menimcha, bu erishilgan yutuqlarning e'tirofi va balki shu 10 yil ichida qandaydir yaxshi ishlarni amalga oshirganimizning belgisidir. Bunday narsalarni shunchaki bo'lishi kerak bo'lgan oddiy holdek qabul qilib bo'lmaydi, shunday emasmi? Men bundan juda ham baxtiyorman, — dedi Gvardiola.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ