logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

https://m.stadion.uz/news/detail/561346

 25 MAY, 2026, 14:48

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte mavsumning yakuniy matbuot anjumanida klub prezidenti Aurelio De Laurentisning fikrlariga qo'shilmasligini bildirdi. Avvalroq, A Seriyada 2-o'rinni egallagan Konte neapolliklar lagerini tark etishi ma'lum bo'lgandi. Skudettoni esa «Inter» qo'lga kiritdi.

De Laurentis: «Agar jarohatlar bo'lmaganida, siz chempionatda osonlik bilan g'olib chiqqan bo'lardingiz».

Konte: «Aslo unday emas».

De Laurentis: «Nima uchun? Men sizga aytyapman-ku».

Konte: «Men bunga mutlaqo qo'shilmayman. «Inter»ga tan berish kerak, bu ajoyib jamoa. O'tgan yili ular Chempionlar Ligasi finaligacha borishdi, bu yil esa yanada kuchayishdi. Ular g'alabaga loyiq edilar».

De Laurentis: «Xo'sh, «Inter» shu darajada kuchli ekan, nima uchun Evropada o'tgan yilgidek natija ko'rsata olmadi?»

Konte: «Ular bizdan ko'ra ko'proq ish qilishdi. Ular oldinga qadam tashlashdi».

De Laurentis: «Yaxshi, lekin bu endi boshqa tarix».

Konte: «Uzr, lekin men bunaqa narsalarga yopishib olishni yoqtirmayman. Biz boshqalarning g'alabasini tan olishimiz va hurmat ko'rsatishimiz kerak. Agar o'zimizga nisbatan hurmat istasak, avvalo o'zimiz hurmat qilishni o'rganishimiz lozim. Jarohatlar bo'ladimi-yo'qmi, «Inter» g'alabaga haqli edi. Balki jarohatlar bo'lmaganida, biz Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan bo'larmidik».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ