logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De Dzerbi: «Bu men qo'l ostimdagi eng yaxshi o'yin bo'ldi»

 25 MAY, 2026, 14:48

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi keyingi mavsum oldidan jamoa tarkibida jiddiy o'zgarishlar qilishga ehtiyoj yo'q deb hisoblaydi.

APLning so'nggi turida «Tottenxem» «Everton»ni mag'lub etdi (1:0) va musobaqa jadvalida 17-o'rinni egallab, ligada jon saqlab qoldi.

«Biz yaxshi mehnat qildik, lekin tarkibimizda kuchli futbolchilar ko'pligidan omadim keldi. Bu o'yinda ular katta bosim ostida ham to'pni ajoyib tarzda nazorat qilishgani ko'rindi. Bu men kelganimdan beri eng yaxshi o'yinimiz bo'lgan bo'lishi mumkin. Agar bor kuchingizni bersangiz, natija uzoq kuttirmaydi.

O'yin davomida menga qiyin bo'ldi, lekin futboldagi bosim hayotimni go'zallashtiradi. Bosimsiz yanada yomon bo'lardi. Keyingi mavsumda biz yuqori saviyali jamoa tuzishimiz kerak. Tarkibda katta o'zgarishlar shart emas, lekin biz "top" darajadagi o'yinchilarni jalb qilishimiz lozim», — dedi murabbiy Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ