Mourinoning Endrik bo'yicha rejasi ma'lum
25 MAY, 2026, 13:24
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi kutilayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino braziliyalik hujumchi Endrikning kelajagi borasida qarorga keldi. Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «The Special One» ushbu hujumchi bilan ishlash istiqbolli ekanini tushunib etdi.
Portugaliyalik murabbiy Endrikni kelasi mavsum uchun jamoada olib qolishga qaror qildi. O'tgan mavsumda 19 yoshli braziliyalik futbolchi Frantsiyaning «Lion» klubida ijara asosida to'p surgandi. Hujumchi o'sha mavsum davomida 5 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Endrikning transfer qiymati 35 million evroga baholanmoqda.
