logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lamin Yamal Urugvayga qarshi o'yinga tayyor bo'lmoqchi

 25 MAY, 2026, 13:12

AS nashri jurnalisti Xavi Migelning xabar berishicha, Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi yosh iqtidor egasi Lamin Yamalning jismoniy holatiga alohida e'tibor qaratmoqda.

Terma jamoaning asosiy maqsadi — Lamin Yamalni 27 iyun kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o'tadigan guruh bosqichidagi hal qiluvchi uchinchi tur uchrashuviga 100 foiz tayyor holatga keltirishdan iborat.

Murabbiylar jamoaning asosiy tarkibi va o'yinchilarning funktsional holatini Jahon chempionatining keyingi, ya'ni pley-off bosqichlarida maksimal darajada foydalanish uchun rejalashtirmoqda. Ushbu strategiya doirasida Yamalning sog'lig'i va tiklanish jarayoni shifokorlar va murabbiylar nazoratida turibdi.

Ispaniyalik muxlislar Lamin Yamalning musobaqaning eng muhim pallalarida jamoasiga yordam bera olishiga katta umid bog'lashmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ