«Milan» Chempionlar ligasisiz qolganidan so'ng Modrich jamoani tark etishi mumkin
25 MAY, 2026, 12:24
«Milan» mavsumning so'nggi qismini muvaffaqiyatsiz o'tkazdi va Chempionlar ligasi yo'llanmasidan mosuvo bo'ldi. A Seriyaning so'nggi tur bahsida «rossonerilar» o'z maydonida kutilmaganda «Kalyari»ga imkoniyatni boy berishdi (1:2). Natijada, jamoa kuchli to'rtlikdan tushib qoldi va Evropa ligasida ishtirok etish bilan cheklanishga majbur bo'ldi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, endilikda Luka Modrichning klubdagi kelajagi jiddiy so'roq ostida qolmoqda. Xorvatiyalik futbolchini jamoada qolishga ko'ndirish oson bo'lmaydi. 40 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga etadi, biroq futbolchining xohishiga ko'ra, bitim avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi «Milan» safida o'tgan yilning yozidan buyon to'p surmoqda.
