logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arne Slot «Liverpul»ning omadsiz mavsumini bir so'z bilan ifodaladi

 25 MAY, 2026, 12:18

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Premer-liganing so'nggi turida «Brentford»ga qarshi kechgan o'yindan (1:1) so'ng mavsumni sarhisob qildi.

«Qizillar» 60 ochko jamg'arib, chempionatni turnir jadvalida beshinchi o'rinda yakunladi va chempion «Arsenal»dan 25 ochko ortda qoldi. Mersisaydliklar ustozi yakunlangan mavsumdagi jamoasining asosiy muammosini bir so'z bilan ta'rifladi.

«Agar butun mavsumni ifodalovchi bir so'z aytishimni so'rasangiz, men «jarohat» deb javob berardim», — deya Slotning so'zlarini keltiradi Anything Liverpool.

«Liverpul» boshqa turnirlarda ham muvaffaqiyat qozona olmadi: Chempionlar ligasi va Angliya kubogida chorak finalgacha, Liga kubogida esa to'rtinchi bosqichgacha etib borildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ