logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn ikkinchi marta «Oltin butsa» sohibi bo'ldi

 25 MAY, 2026, 12:18

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn faoliyatida ikkinchi marta Evropa «Oltin butsa»sini qo'lga kiritadi. Myunxenliklar etakchisi Bundesligada 36 ta gol urib, 72 ochko bilan «Oltin butsa» umumiy reytingida barcha ta'qibchilaridan yaqqol ustun keldi (gollar soni ikkiga ko'paytiriladi).

Keyn ushbu sovrinni ikki marta qo'lga kiritgan o'ninchi o'yinchiga, shuningdek, bu natijaga erishgan birinchi ingliz futbolchisiga aylanadi. Bundan ko'proq mukofot faqat ikki kishiga — Lionel Messiga (oltita) va Krishtianu Ronalduga (to'rtta) nasib etgan.

Xarri Keyn o'zining birinchi «Oltin butsa»sini ikki yil avval qo'lga kiritgan edi — o'shanda ham u Germaniya chempionatida 36 ta gol urgandi. Umumiy hisobda 32 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumda 61 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi — bu uning shaxsiy rekordidir.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ