Jahon chempioni Dibala faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
25 MAY, 2026, 11:24
«Tottenhem» hujumchi Paulo Dibalaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Sports.kz nashri Football Insider manbasiga tayanib.
London klubi 32 yoshli argentinalik futbolchining kelajagi borasidagi noaniqlik fonida uning vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Avvalroq «shporlar» Dibalani u «Yuventus» safida o'ynagan vaqtdayoq o'z safiga qo'shib olishga uringan edi, ammo o'shanda imij huquqlari bilan bog'liq muammolar tufayli transfer amalga oshmay qolgan.
Ma'lum qilinishicha, «Roma» rahbariyati hozircha futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlamagan. Dibalaning o'zi ham yaqinda «Latsio»ga qarshi o'yin u uchun rimliklar safidagi so'nggi uy derbisi bo'lishi mumkinligini tan olgan edi.
«Tottenhem Xotspur»da bunday futbolchi jamoa hujumiga, ayniqsa yopiq o'ynaydigan raqiblarga qarshi bahslarda, nostandart echimlar qo'sha olishiga ishonishmoqda. Dibala «o'nlik» pozitsiyasida harakat qilishi, o'ng qanotdan markazga siljishi va yarim himoya bilan hujum chizig'ini bog'lab turishi mumkin.
Shu bilan birga, ehtimoliy transfer argentinalik futbolchining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli xavotir ham uyg'otmoqda. Joriy yil boshida u tizzasidan operatsiyani boshdan kechirgan edi va aynan jarohatlarga moyilligi APL klublari uchun asosiy xatar sifatida baholanmoqda.
