logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jennaro Gattuzo A Seriya klubi taklifiga javob qaytardi

 25 MAY, 2026, 10:54

Murabbiy Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasidan ketganidan so'ng ishga qaytishga shoshilmayapti. 48 yoshli mutaxassisni ishga olishga «Torino» klubi qiziqish bildirgan edi – muzokaralar haqidagi ma'lumot may oyi boshida paydo bo'lgandi. Insayder Nikolo Skiraning yangilangan xabarlariga ko'ra, tomonlar kelishuvga erisha olmadilar – mutaxassis «buqalar»ning taklifini rad etdi.

Jennaro Gattuzo «skuadra adzurra» boshqaruvidagi lavozimini aprel oyi boshida, Jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi pley-off finalida Bosniya va Gertsegovina terma jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdan ko'p o'tmay tark etgan edi. «Torino» yakuniga etgan A Seriya mavsumini 12-o'rinda yakunladi. So'nggi turda Roberto D’Aversa boshqaruvidagi jamoa (uning shartnoma muddati tugamoqda) «Yuventus»ga qarshi kechgan derbida mag'lubiyatdan qutulib qoldi (2:2).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ