Portugaliyada sensaciya: Ikkinchi divizion vakili Kubok finalida "Sporting"ni mag'lub etdi!
25 MAY, 2026, 09:00
Portugaliya kubogining final uchrashuvi o'tkazildi.Unda ushbu musobaqaning 18 karra g'olibi “Sporting” hamda ikkinchi divizionning uchinchi va kamtarin jamoasi “Torrense” o'zaro to'qnashdi.
Ushbu uchrashuvda sensacion natija kuzatildi: “Torrense” 2:1 hisobida g'alabaga erishib, 109 yillik tarixida ilk sovriniga ega chiqdi. SHu orqali Luis Tralyao shogirdlari navbatdagi mavsum oldidan Evropa ligasining umumiy guruh bosqichi uchun to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqdi.
“Sporting” - “Torrense” 1:2
Gollar: Kevin Zoxi (4, 0:1), Luis Suares (54, 1:1), Stopira (113-pen, 1:2).
CHetlatish: Maksimiliano Araujo (109).
Malumot uchun, “Torrense” uy stadioni o'z bag'riga 2431 muxlisni sig'dira oladi.
comhttps://backend.championat. ... 5.jpg alt="gettyimages-2277488671-2048x2048.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">
comhttps://backend.championat. ... 4.jpg alt="gettyimages-2277489000-2048x2048.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">
comhttps://backend.championat. ... 6.jpg alt="gettyimages-2277488714-2048x2048.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">
Manba: olamsport.com
