logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta: «Ular buni uzoq kutishdi»

 25 MAY, 2026, 01:06

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta chempionlikni nishonlash vaqtida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Jamoa Angliya Premer-ligasining so'nggi tur doirasidagi «Kristal Pelas»ga qarshi o'yindan (2:1) so'ng chempionlik kubogini qabul qilib oldi.

«Ular buni juda uzoq kutishdi. Yo'limizda og'ir damlar bo'ldi. Bunday reaktsiyani ko'rganingda... Bu hammasiga arziydi. Hozir rohatlanish, murabbiylik burchini bir chetga surib, ular bilan birga quvonish vaqti», — deb keltiradi murabbiyning so'zlarini Sky Sports.

«Biz o'zimizdagi aqlbovar qilmas bog'liqlikni, ajoyib fidoyilik va beqiyos jasoratni ko'rsatdik. Atrofimizdagi barcha narsa bizni oldinga intilishga va buni amalga oshirishga undadi», — deya qo'shimcha qildi murabbiy.

«Arsenal» ushbu mavsumda 85 ochko jamg'ardi. Ikkinchi o'rinni 78 ochko bilan «Manchester Siti» band etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ