logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Niko Uilyams APLga yo'l olishi mumkin

 25 MAY, 2026, 00:42

Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning «Atletik» klubi vingeri Niko Uilyams faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «Liverpul» ushbu hujumkor yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. «Qizillar» safida Uilyams mavsum yakunida «Enfild»ni tark etayotgan misrlik Muhammad Salohning o'rnini egallashi mumkin.

2025/2026 yilgi mavsumda 23 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining 25 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Niko hisobiga oltita gol va uchta golli uzatma yozib qo'yilgan.

Uilyamsning basklar klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2035 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ