«Sanderlend» 53 yilda Evrokuboklarga qaytdi
25 MAY, 2026, 00:30
«Sanderlend» o'z maydonida «Chelsi» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng, APL turnir jadvalida rasman ettinchi o'rinni egalladi. Bu esa «qora mushuklar» kelgusi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etishini anglatadi.
Ajablanarlisi shundaki, «Sanderlend» o'z tarixida atigi bir marta — 1973/74 yilgi mavsumda Angliya kubogidagi tarixiy g'alabasi tufayli Evropa turnirlarida qatnashgan. Endi Angliya shimolidan bo'lgan jamoa naq 53 yil deganda Evropa maydonlariga qaytmoqda.
Ta'kidlash joizki, bu «qora mushuklar»ning Chempionshipdan elita divizioniga qaytganidan keyingi ilk mavsumi bo'ldi. Jamoaning bosh murabbiyi — Rejis le Bri.
