logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Chelsi» mag'lubiyatga uchrab, evrokuboklardan chetda qoldi

 24 MAY, 2026, 22:18

«Chelsi» Angliya chempionatining 38-tur doirasida safarda «Sanderlend»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar safida Tray Xyum gol urgan bo'lsa, londonliklar himoyachisi Malo Gyusto o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. «Chelsi»ning yagona goliga Koul Palmer mualliflik qildi. Uchrashuvning 62-daqiqasida Uesli Fofana ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatilgach, «Chelsi» bir kishi kam bo'lib qoldi.

Mavsum yakunlariga ko'ra, 52 ochko jamg'argan «Chelsi» turnir jadvalida 10-o'ringa tushib ketdi va kelgusi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etmaydi. «Sanderlend» esa 54 ochko bilan 7-pog'onaga ko'tarilib, Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Angliya Premer-ligasi. 38-tur
24.05.2026 | 20:00 «Stadium of Light», Sanderlend
«SANDERLEND» — «ChELSI» — 2:1
Gollar: Trey Xyum 25 (1:0), Malo Gyusto 50-avt (2:0), Koul Palmer 56 (2:1).
«Sanderlend»: Rufs, O`Nayen, Mukele, Mandava, Gertreyda, Sadiki, Djaka, Le Fe (Rigg, 90), Angulo (Diarra, 61), Xyum, Brobbi (Izidor, 61).
«Chelsi»: Sanches, Kolvill, Xato (Djeyms, 53), Fofana, Fernandes, Kaysedo (Achimpong, 85), Kukurelya, Gyusto (Delap, 85), Palmer, Pedru Netu (Chaloba, 65), Joao Pedro.
Ogohlantirishlar: Angulo (42), Gertreyda (52), Djaka (73), Diarra (81), Sadiki (89) — Fofana (54), Fernandes (69), Joao Pedro (90), Palmer (90).
Chetlatish: Fofana (62, ikkinchi sariq).

Angliya chempionatining so'nggi 38-turi doirasida bo'lib o'tgan boshqa uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

«Fulxem» o'z maydonida «Nyukasl Yunayted»ni 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, «Nottingem Forest» va «Bornmut» jamoalari o'rtasidagi bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Mavsum yakunlariga ko'ra, «Bornmut» 57 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinni egallab, Evropa ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Qolgan jamoalar esa mavsumni quyidagi o'rinlarda yakunlashdi:

«Fulxem» (52 ochko) — 11-o'rin;

«Nyukasl Yunayted» (49 ochko) — 12-o'rin;

«Nottingem Forest» (44 ochko) — 16-o'rin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ