logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa «Real» bilan xayrlashdi: Vinisius murabbiyga minnatdorchilik izhor etdi

 24 MAY, 2026, 21:30

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Alvaro Arbeloa bilan xayrlashdi. La Liganing so'nggi 38-turida «Atletik» Bilbaoga qarshi kechgan shanba kungi o'yin ispaniyalik mutaxassis uchun «qaymoqranglilar» boshqaruvidagi so'nggisi bo'ldi.

«Ishonch va mehr uchun rahmat. Kelajakda sizga faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman», – deb yozdi Vinisius ijtimoiy tarmoqlarda Arbeloaga murojaat qilib.

«Rahmat, Vini. Fidoyiliging, mehnatkashliging, iste'doding va jasurliging uchun. Hech qachon o'zgarma. Seni boshqarish men uchun sharaf edi», – deya murabbiy javob qaytardi.

«Real» va «Atletik» o'rtasidagi uchrashuv madridliklarning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Braziliyalik hujumchi jarohati tufayli ushbu o'yinni o'tkazib yubordi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ