Anri va De Bryuyne ortda qoldi: Brunu Fernandesh — Premer-liganing yangi rekordchisi (Video)
24 MAY, 2026, 21:00
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premer-ligasining yangi rekordini o'rnatdi.
Chempionatning so'nggi turida «Brayton»ga qarshi kechgan bahsda portugaliyalik futbolchi Patrik Dorguga golli uzatma berdi. 33-daqiqada Brunu burchakdan to'pni etkazib berdi va uni sherigi boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi.
Bu Fernandeshning joriy APL mavsumidagi 21-golli uzatmasi bo'ldi. Shu tariqa, u Terri Anri va Kevin de Bryuynening 20 talik rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.
