logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kasorla tarixiy rekordni yangilay olmadi

 24 MAY, 2026, 20:12

Ispaniya chempionatining so'nggi turida «Ovedo» o'z maydonida «Malorka»ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu natijadan so'ng asturiyaliklar oliy ligani tark etishga majbur bo'ldilar.

Ushbu o'yin klub faxriysi Santi Kasorla uchun ham omadsiz yakunlandi. U Ispaniya oliy ligasining eng qadimiy rekordlaridan birini yangilash imkoniyatini qo'ldan boy berdi. Agar Kasorla ushbu bahsda gol urganida, u Ispaniya chempionati tarixidagi eng keksa gol muallifiga aylanardi.

Hozircha bu rekord braziliyalik Donato Gama da Silvaga tegishli bo'lib turibdi. U 2002/2003 yilgi mavsumda «Deportivo» safida 40 yosh, 4 oy va 17 kunlik paytida gol kiritishga muvaffaq bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, Santi Kasorla joriy mavsum yakuni bilan o'z professional faoliyatini yakunlamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ