logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourinoning Germaniya Kubogi finaliga tashrifi sababi ma'lum bo'ldi

 24 MAY, 2026, 17:42

«Benfika» murabbiyi Joze Mourinoning Berlindagi Olimpiya stadionida «Bavariya» va «Shtutgart» jamoalari o'rtasidagi Germaniya Kubogi finalida paydo bo'lishi ko'plab muhokamalarga sabab bo'lgan edi. Uchrashuv myunxenliklarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi, uchta golni ham Xarri Keyn kiritdi.

Mourinoning stadionda ko'rinish berishi turli mish-mishlarni keltirib chiqardi. Xususan, «Real Madrid»ga tayinlanishi kutilayotgan murabbiy Maykl Oliseni kuzatish uchun kelgani haqida taxminlar paydo bo'ldi. Frantsiyalik vinger joriy mavsum «Bavariya»ning asosiy yulduzlaridan biriga aylandi va xabarlarga ko'ra, madridliklar rahbariyatiga ma'qul kelgan.

Biroq, Marca nashrining ma'lum qilishicha, Mourinoning Germaniya Kubogi finaliga tashrifi na Olise, na umuman transferlar bilan bog'liq emas.

Aniqlanishicha:

Portugaliyalik murabbiy o'z homiysi bo'lgan Adidas taklifiga binoan kelgan.

Safar o'yindan bir necha kun oldin rejalashtirilgan.

«Bavariya» futbolchilari bo'yicha hech qanday uchrashuv yoki muzokaralar bo'lmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ