Ernandes EChL finali haqida: «PSJ» yana Frantsiya futboli tarixiga kirishi mumkin»
24 MAY, 2026, 17:06
«PSJ» himoyachisi Lyuka Ernandes bo'lajak Chempionlar ligasi finali haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Parijliklar 30 may kuni final uchrashuvida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadilar. Yarim final natijalariga ko'ra, Frantsiya klubi «Bavariya»dan ustun keldi (5:4, 1:1).
– Final yaqinlashgani sari biror g'ayritabiiy narsani his qilyapsizmi? Qandaydir o'zgacha bosim bormi?
– To'g'risini aytsam, yo'q. Bizda atigi bir yarim kunlik dam olish vaqti bo'ladi. Lekin barchamiz bizni nima kutayotganini tushunib turibmiz: bu mavsumning eng muhim o'yini. Biz klub, «Pari Sen-Jermen» va hatto Frantsiya futboli tarixiga qaytadan kirishimiz mumkin.
– Bu mavsumdagi Chempionlar ligasida siz uchun eng esda qolarli lahza qaysi bo'ldi?
– Men «Bavariya»ga qarshi o'yinning yakunini aytgan bo'lardim. O'yin davomidagi shuncha qiyinchiliklardan so'ng engillikni his qildim. Biz haqiqiy jamoa ekanligimizni ko'rsatdik, ayniqsa ikkinchi uchrashuvda. Nazarimda, bu men uchun joriy mavsumdagi eng esda qolarli lahza bo'ldi, – dedi Ernandes UEFAga bergan intervyusida.
