«Bavariya»dan ketayotgan Goretska jamoaga omad tiladi
24 MAY, 2026, 15:42
«Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretska jamoaning hozirgi tarkibi Chempionlar ligasida g'olib chiqishga qodir ekaniga amin.
31 yoshli futbolchi mavsum yakunida erkin agent sifatida jamoani tark etmoqda.
«Agar jamoaning aksariyat futbolchilari va ayniqsa, murabbiy birga qolishsa, unda ertami-kechmi ular Chempionlar ligasini yuta olishlariga hech qanday shubham yo'q. Ularga omad tilayman», — dedi Gorettska.
Kecha «Bavariya» Germaniya Kubogi sohibiga aylandi. Avvalroq myunxenliklar Bundesligada muddatdan avval chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
