logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gleb Chempionlar ligasi finalidagi «Arsenal» va «PSJ» to'qnashuviga izoh berdi

 24 MAY, 2026, 13:42

«Arsenal» va «Barselona» klublarining sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb UEFA Chempionlar ligasi finali — «Arsenal» va «PSJ» o'rtasidagi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Imkoniyatlarni 50 ga 50 deb baholayman, ammo ko'proq «Arsenal» g'alaba qozonishiga ishonaman. «PSJ» himoyadan o'ynashni, ehtiyotkorlikni bilmaydi. «Arsenal» esa buni eplaydi. «Kanonirlar» vaziyatni kutib, kezi kelganda qarshi hujumlardan unumli foydalanishi mumkin», — dedi Gleb Fonbet YouTube kanaliga bergan intervyusida.

«Arsenal» va «PSJ» o'rtasidagi hal qiluvchi bahs 30 may kuni Budapeshtdagi stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Eslatib o'tamiz, amaldagi chempion — «PSJ». Parijliklar bu safar turnirda ketma-ket ikkinchi marta zafar quchishga harakat qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ