Lautaro Martines — so'nggi 38 yil ichidagi A Ceriyaning eng yomon to'purari
24 MAY, 2026, 10:12
Lautaro Martinesga Italiya A Seriyasida mavsumning eng yaxshi to'purari nomini yana bir bor o'zida saqlab qolishi uchun atigi o'n ettita gol kifoya qildi. Bu A Seriya to'purari bir mavsumda 20 tadan kam gol urgan juda kamyob holatlardan biridir.
Oxirgi marta bunday holat 1990/1991 yilgi mavsumda kuzatilgan edi — o'shanda «Sampdoriya» a'zosi Janluka Vialli o'n to'qqizta gol urgan, genuyaliklar esa o'z tarixidagi yagona chempionlikni qo'lga kiritishgandi. Biroq o'sha paytda oliy ligada 18 ta jamoa bo'lgan, ya'ni har bir klub mavsumda 34 tadan o'yin o'tkazgan.
Bundan biroz avvalroq, 1987/1988 yilgi mavsumda Diego Maradona 15 ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'lgandi. Ammo o'shanda chempionat o'yinlari soni yanada kamroq — bir mavsumda 30 tani tashkil etgan.
