Goretska: «Bavariya» Chempionlar ligasida g'olib chiqadi»
24 MAY, 2026, 09:48
Yarim himoyachi Leon Goretska ketish oldidan o'tkazilgan so'nggi o'yinidan so'ng klubning kelajagi haqida fikr bildirdi. Shanba kuni Myunxenliklar Germaniya Kubogi finalida Keynning xet-trigi evaziga «Shtutgart»ni mag'lub etib (3:0), sovrinni qo'lga kiritishdi. Goretska uchrashuvning eng so'nggi daqiqalarida maydonga tushdi.
«Ishonchim komil, ertami-kechmi «Bavariya» Chempionlar ligasida g'olib chiqadi, agar aksariyat futbolchilar va ayniqsa murabbiy hech qaerga ketmasa. Men ularga eng yaxshi tilaklarimni tilayman», — dedi 31 yoshli xavbek o'yindan keyingi intervyusida.
Leon Goretska sakkiz yil davomida Bundesliga grandi ranglarini himoya qildi. Futbolchining muddati tugayotgan shartnomasi uzaytirilmadi, tez orada u rasman erkin agentga aylanadi.
